SUV BO‘YICHA XALQARO SEMINAR
2024-12-11 14:10:00 / Yangiliklar
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Osiyo suv kengashi (AWC) tomonidan joriy yilning mart oyidan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda suv xavfsizligini ta’minlashning iqtisodiy, moliyaviy va texnologik jihatlarini mustahkamlash borasida o‘rganish va muhokamalar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi seminar mazkur o‘rganish va muhokamalarning natijalari bo‘yicha dastlabki takliflarni taqdim etish maqsadida tashkil etildi.
Unda Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari T.Butunbayev so‘zga chiqib, O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish, qabul qilingan huquqiy meyorlar va hujjatlar, davlat dasturlari, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, bu borada vazirlik oldida turgan asosiy vazifalar haqida ishtirokchilarga ma’lumot taqdim etdi.
Axborot xizmati