DENOV TUMANIDAGI TOG‘ QISHLOQLARI YERLARINI OQAR SUV BILAN TA’MINLASH HOLATI YAXSHILANDI
2024-11-20 17:00:00 / Yangiliklar
Ushbu kanal ancha vaqtdan beri ta’mirlanmagani bois bir qismi loyqayu harsang toshlar bilan ko‘milib qolgan, suv o‘tkazuvchi metall quvur esa yaroqsiz holga kelib qolgandi. Bu esa «Ushor» qishlog‘idan ham ko‘ra pastroqda joylashgan «Sina» qishlog‘i yerlarini sug‘orishni murakkablashtirib yubordi.
Ushbu tog‘ qishloqlari hududidan o‘tgan «Bulung‘ur» kanalini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida «Suyunbek Surxon» MCHJ quruvchilari texnika chiqishi qiyin bo‘lgan tog‘ sharoitida mehnat qilib, kanalning 5,012 qismini ta’mirlashdi. Rekonstruksiya jarayonida kanalning loyihada belgilangan qismi betonlashtirilib, bir kilometr uzunlikda metall quvur yotqizildi. Sug‘orish tarmog‘ini rekonstruksiya qilib, foydalanishga topshirilishi har ikki tog‘ qishlog‘idagi 2760 gektar ekin yerlari va aholi tomorqalarini kafolati ravishda oqar suv bilan ta’minlashga sharoit yaratdi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati