O‘ZBEKISTON SUV XO‘JALIGINING 2030-YILGACHA BO‘LGAN GENDER KONSEPSIYASI MUHOKAMA QILINDI
2024-10-29 19:05:00 / Yangiliklar
Tadbirda aloqador vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar, genderga oid loyihalarni moliyalashtirayotgan donor tashkilotlar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Ishchi guruh yig‘ilishida Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi”ning 3-bosqichi doirasida O‘zbekiston suv xo‘jaligining 2030 yilgacha bo‘lgan gender konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonlari muhokama qilindi.
Xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston suv xo‘jaligida gender tengligining hozirgi holatini baholash, konsepsiyani yaratishda suv resurslarini integrallashgan boshqarish tamoyillarini hisobga olish, donor tashkilotlarining hissasi kabi masalalarga ham e’tibor qaratildi.
Konsepsiyani ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro maslahatchi Shahla Ismoil mazkur masala yuzasidan ishtirokchilarga murojaat qildi. Suv xo‘jaligida gender tengligi mavzusida qizg‘in bahs-munozaralar bo‘ldi.
Axborot xizmati