Suvçilar bilimdonligi sinovdan ötkazildi
2026-11-20 10:25:00 / Yangiliklar

Suv xöjaligi vazirligida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati doirasida markaziy apparat xodimlari örtasida «Suvçilar bilimdonligi» mavzusida qiziqarli intellektual bellaşuv taşkil etildi.
Ustoz-şogird an’analari ruhida ötkazilgan viktorinada iştirokçilarning geografik obyektlar va nasos stansiyalari nomlari, Özbekiston Respublikasining davlat ramzlari hamda Konstitutsiyasiga oid bilimlari sinovdan ötkazildi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-noyabrdagi 712-son, 2026-yil 9-iyuldagi 377-son hamda 22-oktyabrdagi 587-son qarorlarida belgilangan vazifalar va geografik obyektlar nomlariga doir savollar ham bellaşuvdan örin oldi.
Viktorina davomida xodimlar öz bilim va salohiyatini namoyon etib, tezkor fikrlaş, mantiqiy muşohada yuritiş hamda savollarga aniq javob beriş böyiça özaro kuç sinaşdilar.
Bunday ma’rifiy tadbirlar xodimlarning huquqiy va siyosiy savodxonligini oşiriş, kasbiy bilimlarini mustahkamlaş, şuningdek, ustoz-şogird an’analarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Bellaşuv yakunida faolligi va bilimdonligi bilan ajralib turgan 4 nafar xodim vazirlikning esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.




