Osiyo suv kengaşi: hamkorlikdan amaliy natijalar sari
2026-11-17 17:20:00 / Yangiliklar

Suv tanqisligi, iqlim özgarişi, aholi sonining ösişi va iqtisodiyot tarmoqlarida suvga bölgan talabning ortişi bugungi kunda Osiyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, suv resurslari bir neçta davlat hududidan oqib ötadigan mintaqalarda ulardan oqilona foydalaniş, özaro manfaatlarni hisobga oliş va hamkorlikni mustahkamlaş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday şaroitda suv muammolariga birgalikda yeçim izlaş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş, zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etişga xizmat qiluvçi xalqaro tuzilmalarning örni ortib bormoqda. Osiyo suv kengaşi ana şunday hamkorlik maydonlaridan biridir.
Mazkur taşkilotni tuziş ğoyasi-2014-yilda ilgari surilgan.-2015-yilda Koreya Respublikasida ötkazilgan 7-Butunjahon suv forumida uning taşkil etilgani e’lon qilingan bölsa,-2016-yilda Indoneziyaning Bali orolida bölib ötgan ta’sis Boş assambleyasida Kengaş rasman öz faoliyatini boşlagan.
Ötgan ön yil davomida Osiyo suv kengaşi 27 mamlakatdagi 180 dan ortiq taşkilotni birlaştirgan yirik xalqaro hamkorlik tarmoğiga aylandi. Uning tarkibida davlat boşqaruvi organlari, suv xöjaligi taşkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, universitetlar, xalqaro tuzilmalar va xususiy kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.
Kengaşning asosiy maqsadi suv resurslarini barqaror boşqariş, suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, ilmiy izlanişlarni qöllab-quvvatlaş, sohaga investitsiyalar jalb qiliş va davlatlar örtasida tajriba almaşişni rivojlantirişdan iborat. Transçegaraviy suv resurslarini boşqariş, iqlim özgarişiga moslaşiş, suv xöjaligini raqamlaştiriş va tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş ham taşkilot faoliyatining muhim yönalişlari hisoblanadi.
Özbekistonning uşbu xalqaro tuzilma bilan hamkorligi izçil rivojlanmoqda.-2025-yil mart oyida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi Kengaşning «Hukumatlar» guruhi a’zosi sifatida taşkilotga qöşildi. Bu mamlakatimizda suv resurslarini boşqariş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va ilğor texnologiyalarni jalb etiş borasidagi sa’y-harakatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini berdi.
Joriy yilning 4–6-noyabr-kunlari Tailand Qirolligining Bangkok şahrida Osiyo suv kengaşining navbatdagi tadbirlari bölib ötdi. Ularda Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev boşçiligidagi delegatsiya iştirok etdi.
Tadbirlar dasturidan Kengaş Boşqaruv kengaşining 25 va 26-yiğilişlari, 5-Boş assambleya, Osiyo xalqaro suv haftaligi Boşqaruv qömitasi yiğilişi, texnik seminarlar va xalqaro körgazma örin oldi. Şuningdek, taşkilotning ön yilligi munosabati bilan erişilgan natijalar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Anjumanlarda Kengaş a’zolari va Tailand hukumati vakillaridan iborat 250 nafarga yaqin iştirokçi qatnaşdi.
Anjuman doirasida Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi Osiyo suv kengaşi Boşqaruv kengaşi a’zoligiga saylandi. Şuningdek, vazir Şavkat Xamrayev 2026–2029-yillar-uçun Osiyo suv kengaşi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.
E’tiborlisi, yangi saylangan rahbariyat tarkibida Özbekiston Markaziy Osiyodan yagona davlat sifatida örin oldi. Boşqaruv kengaşiga esa mamlakatimizdan yana bir taşkilot — Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi loyihalarini amalga oşiriş agentligi ham saylandi.
Şu tariqa, Özbekiston Osiyo suv kengaşida ikki yönaliş böyiça öz iştirokini ta’minladi. Suv xöjaligi vazirligi mamlakatimizning suv siyosati va sohadagi ustuvor vazifalarini ilgari sursa, agentlik Orolböyi va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy loyihalarni amalga oşirişga kömaklaşadi.
Mazkur hamkorlik, avvalo, transçegaraviy suv resurslaridan samarali foydalaniş, suv xavfsizligini ta’minlaş, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş va sohada innovatsion yeçimlarni joriy etiş nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir. Şuningdek, suv xöjaligi loyihalari uçun xalqaro moliya institutlari, ilmiy markazlar va texnologiya işlab çiqaruvçi kompaniyalar bilan aloqalarni yanada kengaytiriş imkonini beradi.
Bangkokdagi tadbirlar faqat taşkiliy masalalar bilan çeklanib qolmadi. Özbekiston delegatsiyasi tomonidan xalqaro taşkilotlar va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan beşta uçraşuv ötkazilib, qator amaliy kelişuvlarga erişildi.
Jumladan, Osiyo suv kengaşi prezidenti Segde Yun bilan uçraşuvda taşkilotning navbatdagi tadbirlaridan birini Özbekistonda ötkaziş imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunday xalqaro anjuman mamlakatimizda suv xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalarini namoyiş etiş, xorijiy mutaxassislar va investorlar bilan töğridan töğri muloqotni kengaytiriş uçun qulay maydon bölişi mumkin.
BMTning Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Boş kotibi örinbosari Lin Yan bilan muzokaralarda Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi, transçegaraviy suv resurslarini boşqariş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi. Xususan, SPECA jamğarmasi doirasida Özbekiston bilan pilot loyihalar işlab çiqiş va ularni amalga oşirişga texnik kömak körsatiş istiqbollari muhokama qilindi.
Xitoyning Toşqinlarni boşqariş böyiça xalqaro konferensiyasi Doimiy kotibiyati prezidenti Van Szyanxua bilan uçraşuv ham amaliy ahamiyat kasb etdi. Unda Jizzax viloyatidagi irrigatsiya tizimini modernizatsiya qiliş, toşqin va qurğoqçilik xavfini boşqariş, erta ogohlantiriş tizimlarini takomillaştiriş hamda ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Ayniqsa, Koreya Respublikasining HSCMT Co., Ltd. va Enertork Ltd. kompaniyalari bilan imzolangan özaro anglaşuv memorandumi muhim amaliy natijalardan biri böldi. Hujjat suv resurslarini boşqarişni modernizatsiya qiliş, aqlli suv hisoblaş texnologiyalarini joriy etiş, magistral suv tarmoqlarida ultratovuşli ölçagiçlarni sinovdan ötkaziş va sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qiliş kabi yönalişlarni qamrab oladi.
Bu kabi texnologiyalar suv sarfini aniq hisobga oliş, yöqotişlarni kamaytiriş, mavjud resurslarni samarali taqsimlaş va boşqaruv qarorlarini işonçli ma’lumotlar asosida qabul qilişga xizmat qiladi. Ayniqsa, suv taqçilligi kuçayib borayotgan şaroitda har bir kub metr suvning hisobini yuritiş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bangkok muloqotlarida Orolböyi mintaqasidagi ekologik muammolar ham alohida örin egalladi. Ma’lumki, 2027–2029-yillarda-Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi. Uşbu davrda suv xavfsizligini mustahkamlaş, Orol dengizi havzasida ekologik barqarorlikni ta’minlaş va xalqaro hamkorlarni qöşma loyihalarga keng jalb etiş muhim vazifalardan hisoblanadi.
Osiyo suv kengaşining ilmiy-texnik imkoniyatlari, xalqaro aloqalari va hamkorlik platformalaridan foydalaniş bu yönalişdagi taşabbuslarni amaliy loyihalar bilan boyitişga xizmat qilişi mumkin. Xususan, iqlim özgarişiga moslaşiş, suv tejovçi texnologiyalarni kengaytiriş, suv resurslarini monitoring qiliş va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş böyiça qöşma dasturlarni işlab çiqiş uçun yangi imkoniyatlar paydo bölmoqda.
Bundan taşqari, Kengaş doirasidagi hamkorlik mahalliy mutaxassislar malakasini oşiriş, ilğor xorijiy tajribalarni örganiş, ilmiy muassasalar örtasida aloqalarni rivojlantiriş va zamonaviy texnologiyalarni mamlakatimiz şaroitiga moslaştirişda ham muhim örin tutadi.
Endilikda asosiy vazifa Bangkokda erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşirişdir. Buning uçun xorijiy hamkorlar bilan pilot loyihalarni işlab çiqiş, texnik va moliyaviy imkoniyatlarni örganiş, ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasida hamkorlikni kuçaytiriş hamda suv xöjaligi tizimiga samarali texnologiyalarni joriy etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilanmoqda.
Şu ma’noda, Osiyo suv kengaşi Özbekiston uçun nafaqat xalqaro muloqot maydoni, balki sohadagi ustuvor vazifalarni hal etiş, ilmiy-texnik imkoniyatlarni kengaytiriş va hamkorlikdagi loyihalarni hayotga tatbiq etişning muhim platformasidir.
Zero, bugun suv xavfsizligini ta’minlaş faqat bir mamlakatning içki imkoniyatlariga boğliq emas. U davlatlar örtasidagi işonç, özaro manfaatli hamkorlik, zamonaviy bilim va ilğor texnologiyalarni birlaştirişni taqozo etadi. Özbekistonning Osiyo suv kengaşidagi faol iştiroki ana şu maqsadlarga erişiş, milliy va mintaqaviy suv manfaatlarini uyğunlaştiriş hamda barqaror taraqqiyot uçun mustahkam zamin yaratişga qaratilgan.
Sanjar Rahmonov
Özbekistonda suv resurslarini boşqariş milliy loyihasining institutsional rivojlaniş böyiça koordinatori.
