Suv xöjaligi vazirligi matbuot kotibi Şuhrat Suyunov iştirokida brifing
2026-11-14 13:15:00 / Yangiliklar

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida vazirlik markaziy apparatiga jismoniy va yuridik şaxslardan jami 2 171 ta murojaat kelib tuşgan.
Taqqoslaydigan bölsak, 2025-yilning şu davriga nisbatan murojaatlar soni 1 888 taga kamaygan.
Ma’lumot uçun: 2025-yilning 9 oyida 4 059 ta murojaat kelib tuşgan.
Murojaatlarning mazmuni tahlil qilinganda, ularning asosiy qismi suv ta’minoti, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari faoliyati bilan boğliq ekani ma’lum böldi.
Xususan, irrigatsiya va melioratsiya hamda boşqa masalalar böyiça 818 ta, suvdan foydalaniş yuzasidan 646 ta, nasos stansiyalari, tik quduqlardan foydalaniş va davlat-xususiy şeriklik masalalarida 186 ta murojaat kelib tuşgan.
Şuningdek, ijtimoiy masalalar, jumladan, uy-joy, iş haqi, işga joylaşiş va moddiy yordam böyiça 146 ta, kapital quriliş masalalarida 134 ta, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş yuzasidan 131 ta murojaat qayd etilgan.
Taşkilot, korxona va xöjalik rahbarlarining faoliyati böyiça 106 ta, investitsiyalarni jalb etiş masalasida esa 4 ta murojaat kelib tuşgan.
Hududlar kesimida eng köp murojaat Qaşqadaryo viloyatidan — 251 ta, Sirdaryo viloyatidan — 231 ta, Farğona viloyatidan — 198 ta kelib tuşgan.
Şuningdek, Toşkent viloyatidan 181 ta, Samarqanddan 175 ta, Namangan viloyatidan 172 ta, Jizzaxdan 164 ta, Buxorodan 147 ta, Andijondan 130 ta va Xorazm viloyatidan 124 ta murojaat qayd etilgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidan 113 tadan, Navoiy viloyatidan 94 ta, Toşkent şahridan 74 ta hamda xorijiy davlatlardan 4 ta murojaat kelib tuşgan.
Vazirlik vakolati doirasida örganilgan 1 959 ta murojaatning 1 844 tasi, ya’ni 94,1 foizi ijobiy hal etilgan. Qolgan 115 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tegişli huquqiy va amaliy tuşuntirişlar berilgan.
Şuningdek, 147 ta murojaat vazirlik vakolatiga kirmaganligi sababli tegişli vazirlik va idoralarga yuborilgan. 21 ta murojaat böyiça esa qonunçilikka muvofiq anonim yoki körmasdan qoldiriş töğrisida qarorlar qabul qilingan.
Muhimi, murojaatlarni örganiş jarayonida qonunda belgilangan muddatlarni buziş holatlariga yöl qöyilmagan.
Vazirlik va uning respublika hamda hududiy tizim taşkilotlarida 24/7 rejimida işlaydigan Işonç telefon (CALL-CENTER) markazlari faoliyati yölga qöyilgan.
Markazlar bilan hamkorlikda murojaatçilarning muammolarini tezkor hal qiliş maqsadida ularning masalalariga mas’ul bölgan mutaxassislar bilan töğridan töğri ulab beriş amaliyoti joriy etilgan.
Asosiy maqsadimiz – suv xöjaligi sohasida har bir murojaatni e’tibor bilan örganiş, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga öz vaqtida amaliy yeçim topişdir.
Suv xöjaligi sohasida heç bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi!
