Afğoniston delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazildi
2026-11-13 16:30:00 / Yangiliklar
Bugun, 13-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Xamrayev Afğoniston Qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Sadr Azam Usmoniy boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.

Mehmonlarga Özbekiston suv xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, jumladan, suv tejovçi texnologiyalarini joriy etiş, irrigatsiya tarmoqlarini betonlaştiriş va raqamlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida batafsil ma’lumot berildi.
Şuningdek, uçraşuv davomida transçegaraviy suv resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş, ikki mamlakat örtasida suv xöjaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, kadrlar salohiyati va malakasini oşiriş kabi yönalişlarda hamkorlikni yölga qöyiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Mehmonlar “Suvçilar maktabi” faoliyati bilan ham tanişdi.
Axborot xizmati


