COP31: Turkiyada suvni smart-karta orqali hisobga oliş tajribasi örganildi
2026-11-12 10:00:00 / Yangiliklar

Xususan, delegatsiya Turkiya Davlat suv işlari boş boşqarmasi (DSI) vakillari hamrohligida Antaliya viloyatining Manavgat tumanida joylaşgan Naras töğoni va unga boğliq suğoriş tizimi faoliyati bilan tanişdi.
Roliklar bilan ziçlangan beton (RCC) texnologiyasi asosida qurilgan mazkur töğon hududni toşqinlardan himoya qiliş bilan birga, 7,1 ming gektar yerni özi oqar usulda suğoriş imkonini beradi. Jumladan, ilgari nasos stansiyalari orqali suğorilgan 5,6 ming gektar maydon özi oqar tizimga ötkazilmoqda. Bu esa suv yetkazib berişda elektr energiyasi sarfini kamaytiriş imkonini yaratadi.
E’tiborlisi, mazkur tizimda suv fermerlarga yopiq quvurli bosimli tarmoqlar orqali yetkaziladi. Suv sarfi esa smart-kartalar va elektron hisoblagiçlar yordamida avtomatik nazorat qilinadi.
Fermerlar suv uçun oldindan tölovni amalga oşirib, dalalarda örnatilgan gidrantlar orqali suv oladi. Smart-karta hisoblagiçga tegizilganda suv beriş jarayoni boşlanadi va foydalanilgan suv hajmi elektron tarzda hisobga olinadi.
Özbekiston delegatsiyasi uşbu texnologiyadan foydalanayotgan issiqxona xöjaliklarida bölib, tizimning işlaş jarayonini bevosita kuzatdi.
DSI vakillarining ma’lum qilişiça, Turkiyada bosimli quvurli suğoriş tarmoqlarining uluşi 2000-yillar boşidagi 6 foizdan bugungi kunda 35 foizga yetkazilgan. Yangi loyihalarda esa mazkur körsatkiç 95 foizgaça yetmoqda.
Bunday tarmoqlar davlat byudjeti va davlat tomonidan jalb qilingan xalqaro kreditlar hisobidan qurilmoqda.
Taşrif davomida delegatsiya Antaliyadagi yirik meva yetiştiruvçi «Öncel Group» kompaniyasining işlab çiqariş obyektlarini ham közdan keçirib, uning rahbariyati bilan muloqot ötkazdi.
Turkiyaning mazkur tajribasini Özbekistonda qöllaş, xususan, yopiq quvurli suğoriş va smart-karta orqali suv hisobini yuritiş texnologiyalarini «Suv hisobi» axborot tizimi bilan integratsiya qilgan holda pilot loyiha sifatida joriy etiş imkoniyatlari örganiladi.
Uşbu yondaşuv suvni fermer dalasigaça yetkazişda yöqotişlarni kamaytiriş, har bir kub metr suvning hisobini yuritiş, suvdan foydalanişda şaffoflikni oşiriş va resurslarni tejaşga xizmat qiladi.
Suv xöjaligi vazirligi Axborot xizmati

