Obi hayot zargari
2026-11-06 09:35:00 / Yangiliklar

... Gulçehra opa Qozoğiston Respublikasining Çimkent viloyatida tuğilib ösgan. Bolalikdan dala işlariga mehri baland bölgan. Keyinçalik Özbekistonga kelib, Jizzax industrial texnikumida tahsil olib, texnik-iqtisodçi mutaxassisligini egallagaç, suv xöjaligi tizimida iş boşlagan. Özining aytişiça, ota-onasi asli jizzaxlik bölgan ekan. Bobolari oçarçilik, qatağon kuçaygan zamonlarda turli tazyiqlar, Ikkinçi jahon uruşi davri hamda undan keyingi qiyinçiliklar sargardonligida uloqib-uloqib Çimkentga borib qolişgan ekan. Farzandlari öşa yerda tuğilib, qozoq maktablarida öqigan bölsa-da, ota-onasi Gulçehrani öz ona yurtiga qaytişini istagan. Şu bois u maktabni tamomlagaç, ta’lim oliş istagida bu yoqqa yöl olgan.
Texnikumni tugatgaç, 1991-yildan boşlab Jizzax viloyat suv xöjaligi birlaşmasining dispetçerlik xizmatida faoliyat yuritgan Gulçehra opa şu kasbga astoydil mehr qöyadi. Yillar davomida suv resurslari tizimida inspektor, injener-dispetçer, boş mutaxassis va 1-darajali mutaxassis kabi lavozimlarda işlab, boy tajriba töpladi. Taqdirni qarangki, ota-onasi orzu qilganidek, jizzaxlik Tölqinjon degan yigitga turmuşga çiqdi.
Iş jarayonida unga ustozlik qilgan tajribali mutaxassislar ham köp böldi. Jumladan, Maqsud Törayev ilk qadamlarini qöyayotgan yoş dispetçerga öz bilim va tajribasini ayamay örgatganini u hurmat bilan eslaydi.
– Suv xöjaligining yuragi – dispetçerlik, – deydi Gulçehra Fozilova. – Meyoriy hujjatlardagi topşiriq va vazifalarning ijrosi, suvning qişloq xöjaligi ekin maydonlariga öz vaqtida yetkazib berilişi bizning yönalişimiz orqali muvofiqlaştiriladi. Bu jarayonlar tumanlarga talabnoma va taqsimotlarimiz asosida yetkaziladi. Suv resurslari bölimi limitlarni işlab çiqadi, biz esa şu asosda taqsimot qilamiz.
Qariyb öttiz yildan beri bir sohada fidokorona mehnat qilib kelayotgan qahramonimiz şu yillar mobaynida biror marta ham tuşunmovçiliklarga yöl qöymagani, topşiriqlarni bajarişda xato qilmaganini mamnuniyat bilan eslaydi. U bularning barini öz kasbiga bölgan çeksiz muhabbati natijasi deb biladi.
– Bir paytlar oliy ma’lumotli bölişni juda istaganman, lekin nasib qilmagan, – deydi Gulçehra opa. – Bizning davrimizda qizlarning texnikumda öqişi ham katta gap edi. Keyinroq işxonam tavsiyasi bilan oliy ta’limga hujjat topşirmoqçi ham bölganman, ammo öşa yili öğlim ham öqişga kirib, kontrakt tölaş majburiyati tuğildi. Men yana farzandimning kelajagi uçun öz orzumdan voz keçdim.
Gulçehra opa umr yöldoşi Tölqinjon aka bilan uç öğilni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazişdi. Bugun ular olti nevaraning suyukli bobosi va buvijonisi. Farzandlari va uç kelin ham oliy ma’lumotli. Katta öğli Muhammadjon çet tillarini yaxşi özlaştirgan va logistika sohasida faoliyat yuritadi. Örtançasi Rahimjon ham suv xöjaligida, kenjasi Davron huquqşunos, iqtisodiy sudya yordamçisi.
Mustaqillikning dastlabki yillari, ötiş davri qiyinçiliklari ularning oilasini ham çetlab ötmadi. Işxonalarda ştatlar qisqarib, moddiy yetişmovçiliklar yuzaga kelgan paytlar edi. Opa oila tebratiş maqsadida hatto bozorga çiqdi, savdo-sotiq bilan şuğullandi. Turmuş örtoği bilan birga farzandlarini oyoqqa qöyiş uçun jonini jabborga berib harakat qildi. Bir muddatlik tanaffusdan söng yana öz sevgan kasbiga qaytdi. 2010–2017-yillarda “Xovos-Zomin” irrigatsiya tizimi boşqarmasida, 2017-yildan buyon Sirdaryo-Zarafşon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasining tarmoqdan foydalaniş muhandis-texnik xodimlar bölimida dispetçerlik vazifasini bajarib kelmoqda.
– Dono xalqimiz aytganidek, “Suv – zar, suvçi esa zargar”, – deydi opa. – Zamin bizga rizq ulaşar ekan, evaziga suv söraydi. Obi hayotni xalqimizga, dehqonlarga öz vaqtida, adolatli va töğri taqsimlagan holda yetkazib beriş ham öziga xos zargarona mahorat talab qiladi. Ana şu jarayonda iştirok etayotganimdan baxtiyorman.
Şerzod BUTUNBOYEV,
Sirdaryo-Zarafşon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi matbuot kotibi
(Uşbu maqola “XXI asr” gazetasining 2026 yil 5 noyabr 44 (1198)-sonida çopetilgan)
