Suv xöjaligi vazirligida siyosiy-ma’rifat soati ötkazildi
2026-10-30 12:15:00 / Yangiliklar

Tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining jonli ijrosi bilan boşlandi.
Uçraşuvda 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş kiritiş haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Uning davlat tilini rivojlantiriş, yozuv me’yorlarini takomillaştiriş va alifbodan foydalanişda yagona yondaşuvni ta’minlaşdagi ahamiyati xususida fikr almaşildi.
Şuningdek, suv xöjaligi sohasiga oid yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tizim taşkilotlari va xodimlarga tezkor, aniq hamda tuşunarli yetkaziş masalasiga e’tibor qaratildi. Davlat xizmatçilarini qabul qilinayotgan qonunçilik hujjatlaridan öz vaqtida xabardor qilib boriş böyiça takliflar bildirildi.
Muloqotda yoş mutaxassislarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş masalalari ham körib çiqildi. Yoşlar tomonidan bildirilgan asosli takliflarni örganiş va amalga oşirişda rahbarlar kömagi muhim ekani qayd etildi.
Axborot xizmati





