TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA OQILONA FOYDALANISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI
2024-10-09 14:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 8-oktabr kuni Suv xo‘jaligida islohotlar markazida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari muhokama qilingan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi, Markaziy Osiyo davlatlari suv resurslarini boshqarish hamkorligi kotibiyati hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida transchegaraviy suv resurslarini hamkorlikda boshqarish va oqilona foydalanish, shuningdek ikki tomonlama va ko‘p tomonlama meyoriy-huquqiy hujjatlar doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini boshqarish doirasida so‘nggi yillarda imzolangan bitimlar, kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Axborot xizmati