KORRUPSIYA – JAMIYAT TARAQQIYOTI KUSHANDASI
2024-10-09 15:55:00 / Yangiliklar
Darhaqiqat, korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Har qanday jamiyat uchun ushbu illatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugun Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida o‘tkazilgan o‘quv-seminari ham aynan shu mavzuga qaratilib, unda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Asadov tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Xususan, suv xo‘jaligi tizimida bu illatga qarshi kurashish, uning oldini olish bo‘yicha doimiy tarzda profilaktika tadbirlarini tashkil etish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati