Tejalgan suvda baraka bor
2026-10-26 18:40:00 / Yangiliklar

Har bir tomçi ortida qançadan-qança mehnat va mas’uliyat bor. Suv omborlari, kanallar, nasos stansiyalari, gidrotexnika inşootlari va ularni boşqarayotgan insonlar — barçasi bir maqsadga xizmat qiladi: yerga hayot, dasturxonga baraka yetkaziş. Şu bois suvni tejaş tabiatni asraş bilan birga, inson mehnatini qadrlaş, bugungi hosil va ertangi imkoniyatlarni muhofaza qiliş hamdir.
Mamlakatimizda yiliga örtaça 51–53 milliard kub metr suvdan foydalaniladi. Uning qariyb 90 foizi qişloq xöjaligi ehtiyojlariga sarflanadi. Demak, suvni tejaşning eng katta imkoniyati aynan suğoriş jarayoniga töğri keladi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda suğorişga munosabat tubdan özgarmoqda. Ilgari suvni köproq beriş yaxşi hosilning asosiy şartidek qaralgan bölsa, bugun zamonaviy yondaşuv boşqaça: ekinga suvni me’yorida, vaqtida va aniq yetkaziş kerak. Bu tamoyil suv sarfini kamaytiriş bilan birga, fermerning xarajatini qisqartirib, hosil samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Raqamlar bu özgariş kölamini yaqqol körsatadi. 2019-yilga qadar respublikada suv tejovçi texnologiyalar atigi 28 ming gektarda qöllanilgan bölsa, 2019–2026-yillar davomida ular bilan qamrab olingan maydon 3,0 million gektarga yetdi. Joriy yilda 503 ming gektar maydonda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş rejalaştirilgan edi. Amalda esa 654 ming gektarda şunday işlar bajarildi. Bu — rejadan ham yuqori natija, eng muhimi, suvdan foydalaniş madaniyati özgarayotganining amaliy ifodasi.
Tomçilatib suğorişda suv maxsus quvur va tomizgiçlar orqali bevosita ösimlik ildiziga yetadi. Namlik kerakli joyga, kerakli miqdorda berilgani uçun behuda sarf kamayadi, öğitdan foydalaniş samaradorligi ortadi. Yomğirlatib suğoriş esa suvni maydonga bir tekis tarqatadi. Diskret suğorişda suv egatlarga tanaffus bilan berilib, uning dala böylab barobar harakatlanişiga erişiladi. Egiluvçan quvurlar oçiq ariqlardagi yöqotişlarni kamaytiradi.
Yana bir muhim usul — yerni lazerli tekislaş. Notekis dalada suv bir joyga töplanib, boşqa joyga yetib bormasligi mumkin. Tekislangan maydonda esa namlik bir maromda taqsimlanadi, suğorişga ketadigan vaqt va suv kamayadi. Joriy yilning özida 302,9 ming gektar ekin maydoni lazerli tekislangani bejiz emas.
Taqdim etilgan tahlillarga köra, zamonaviy suğoriş usullari muayyan şaroitlarda suv sarfini 45–50 foizgaça, yoqilği-moylaş materiallari va mineral öğit xarajatlarini 25–35 foizgaça kamaytiriş, hosildorlikni esa 15–20 foizgaça oşiriş imkonini bermoqda. Binobarin, suv tejamkorligi faqat ekologik zarurat emas, fermer uçun iqtisodiy manfaat hamdir.
Albatta, yangi texnologiyaga ötiş istakning özi bilan amalga oşmaydi. Uskuna, mablağ, bilim va işonç kerak. Şu maqsadda fermerlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari kengaytirilmoqda. 2026-yilda «Agrobank» ATB tomonidan suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş uçun 1 trillion 344 milliard söm imtiyozli kredit hamda uşbu yönalişdagi xöjaliklarni qöllab-quvvatlaş uçun Davlat byudjetidan 500 milliard söm subsidiya mablağlari ajratilgan.
E’tiborlisi, suv tejovçi texnologiyalarga talab ortişi mahalliy sanoatga ham yangi imkoniyat oçdi. Agar 2019-yilga qadar sohada uçta mahalliy korxona faoliyat yuritgan bölsa, bugun ularning soni 64 taga yetgan. Mahalliylaştiriş darajasi 10 foizdan 80 foizgaça ösgan. Şunday qilib, daladan boşlangan tejamkorlik sanoat rivoji, işlab çiqariş quvvatlari va yangi iş örinlari bilan boğlanmoqda.
Biroq suvni faqat dalada asraş yetarli emas. U manbadan iste’molçiga yetib borguniga qadar ham yöqotilişi mumkin. Şu sabab kanallarni betonlaştiriş, gidrotexnika inşootlarini ta’mirlaş, nasos stansiyalarini yangilaş va tarmoqlarni rekonstruksiya qiliş ham tejamkorlikning ajralmas qismidir.
2025-yilda respublikada 723 kilometr kanal betonlaştirilib, 500 million kub metrdan ortiq suv yöqotilişining oldi olindi. 2026-yilning ötgan davrida esa 729,7 kilometr kanal betonlaştirildi, 270,7 kilometr kollektor-drenaj tarmoği qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bu işlar suvning dalagaça bölgan yölini qisqartirmaydi, ammo şu yöldagi isrofni kamaytiradi. Suv manbada qanday qimmatli bölsa, ekin ildiziga yetganida ham şunday qimmatli bölib qolişi kerak.
Zamonaviy suv xöjaligini aniq hisob-kitobsiz tasavvur qilib bölmaydi. Qaysi manbadan qança suv olindi, qaysi hududga qançasi yetdi, qayerda yöqotiş yuz berdi? Bu savollarga taxmin bilan emas, raqam bilan javob beriş lozim. Raqamli gidropostlar, datçiklar, avtomatlaştirilgan ölçov va masofaviy monitoring tizimlari aynan şu maqsadga xizmat qiladi. Çunki hisobga olinmagan suvni samarali boşqariş ham, tejalgan miqdorni xolis baholaş ham muşkul.
Amaliy natijalar kölami katta. Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida respublika böyiça turli çora-tadbirlar hisobidan 9 milliard 457 million kub metr suv tejalgan. Şundan 4 milliard 565 million kub metri suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va yerlarni lazerli tekislaş, 2 milliard 663 million kub metri irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlaş va betonlaştiriş hisobiga töğri keladi. Raqamli yeçimlar orqali 545 million kub metr, kam suv talab qiladigan ekinlarni köpaytiriş va qöşimça agrotexnik tadbirlar orqali esa 1 milliard 684 million kub metr suv iqtisod qilingan.
Bu natijalar bir muhim haqiqatni körsatadi: suvni asraş bitta usul yoki bitta taşkilotning vazifasi emas. Bu — zamonaviy texnologiya, mustahkam infratuzilma, aniq hisob, ilm va mas’uliyat birlaşganda samara beradigan yaxlit tizim.
Texnika qançalik mukammal bölmasin, uni boşqaradigan insonning bilimi va munosabati hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu jihatdan «Suvçilar maktabi» faoliyati alohida e’tiborga molik. Unda 6 898 nafar fermer va 1 767 nafar suvçi — jami 8 665 nafar tinglovçi öqitilgan. Oliy ta’lim muassasalari va fermer xöjaliklari hamkorligida taşkil etilayotgan dala öquv maydonçalari esa nazariy bilimni amaliy tajriba bilan boğlamoqda.
Oldinda yanada mas’uliyatli vazifalar turibdi. 2026–2028-yillarda suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab olingan maydonlarni 3,5 million gektarga yetkaziş va şuning hisobiga yiliga 5 milliard kub metr suvni tejaş maqsad qilingan. Bu marraga erişiş uçun yangi uskunalar bilan bir qatorda yangiça fikrlaş ham zarur: suvni çeksiz boylik deb emas, har bir tomçisi hisobli ne’mat deb biliş kerak.
Suvning qadrini faqat tanqislik paytida emas, u möl kelayotgan kunlarda ham anglaş muhim. Zero, suvni tejaş — hosildan voz keçiş emas, aksinça, har bir niholga hayotbaxş namlikni öz vaqtida yetkazişdir. Bu — yerga mehr, mehnatga hurmat, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatdir.
Saidakbar Xodjiyev,
Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş boşqarmasi boşliği
