Suv xöjaligi vazirligi faoliyatida yuridik xizmatning örni va mas’uliyati
2026-10-24 11:10:00 / Yangiliklar

Suv xöjaligi sohasida qabul qilinadigan har bir qaror, amalga oşiriladigan loyiha va tuziladigan şartnoma mustahkam huquqiy asosga ega bölişi zarur. Şu bois Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi tizimida qonuniylikni ta’minlaş, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş, şartnomaviy munosabatlarni tartibga soliş va sudlarda vazirlik manfaatlarini himoya qilişda yuridik xizmat muhim örin tutadi.
Huquqiy demokratik davlat va kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişda davlat organlari faoliyatining qonuniylik, adolat, oçiqlik va hisobdorlik tamoyillari asosida taşkil etilişi alohida ahamiyatga ega. Davlat boşqaruvi organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilişi nafaqat taşkiliy va iqtisodiy omillarga, balki ular faoliyatining puxta huquqiy asoslarga ega bölişiga ham bevosita boğliq.
Suv xöjaligi vazirligi mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, suv xöjaligi obyektlarini boşqariş, suv yetkazib beriş tizimini takomillaştiriş, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oşiriş hamda sohada davlat siyosatini röyobga çiqarişda muhim vazifalarni bajaradi.
Mazkur vazifalarni amalga oşiriş jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar, şartnomalar, ma’muriy qarorlar va boşqa huquqiy hujjatlar bilan muntazam iş olib boriladi. Şu sababli yuridik xizmatni faqat hujjatlarni körib çiquvçi yoki sud işlarida iştirok etuvçi tarkibiy bölinma sifatida baholaş töğri emas. U, eng avvalo, vazirlik faoliyatida qonuniylikni ta’minlaş, huquqiy xatarlarni oldindan aniqlaş, notöğri qarorlar qabul qilinişining oldini oliş va boşqaruv samaradorligini oşirişga xizmat qiluvçi muhim tuzilmadir.
Qonuniylikni ta’minlaş — asosiy vazifa
Vazirlik faoliyatida qonuniylikni ta’minlaş yuridik xizmatning eng muhim yönalişlaridan biridir. Bu qabul qilinayotgan qarorlar, çiqarilayotgan buyruqlar, tuzilayotgan şartnomalar va boşqa boşqaruv harakatlarining qonunçilik talablariga muvofiq bölişini ta’minlaşni nazarda tutadi.
Yuridik xizmat vazirlikning tarkibiy bölinmalari tomonidan tayyorlangan hujjatlarni huquqiy jihatdan tahlil qilişi, ularda qonunçilikka zid qoidalar mavjudligini aniqlaşi va tegişli takliflar kiritişi zarur. Biroq uning vazifasi faqat xatolarni topiş bilan çeklanmasligi kerak. Yuridik xizmat hujjat loyihasini tayyorlaşning dastlabki bosqiçidanoq jarayonga jalb etilişi, ehtimoliy huquqiy muammolarni oldindan köra bilişi va ularni bartaraf etiş böyiça amaliy yeçimlar taklif qilişi lozim.
Masalan, vazirlik tizimida mablağlar ajratiş, suv xöjaligi obyektlarini rekonstruksiya qiliş, davlat xaridlarini amalga oşiriş yoki şartnomaviy munosabatlarni yölga qöyiş bilan boğliq qarorlar qabul qilinayotganda huquqiy talablarga rioya etilişi muhim. Bunday jarayonlarda yuridik xizmatning öz vaqtida bergan xulosasi kelgusida nizolar, moliyaviy yöqotişlar va qonunbuzilişlarning oldini olişga yordam beradi.
Şu ma’noda, yuridik xizmat faoliyatining samaradorligi faqat körib çiqilgan hujjatlar soni bilan emas, balki oldi olingan huquqiy xatarlar va ta’minlangan qonuniylik darajasi bilan ham baholanişi kerak.
Huquqiy ekspertiza va qonunçilikni takomillaştiriş
Yuridik xizmat vazirlik tomonidan işlab çiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaş va huquqiy ekspertizadan ötkazişda faol iştirok etişi zarur. Bunda, avvalo, hujjat loyihasining Konstitutsiya va boşqa qonunçilik hujjatlariga muvofiqligi, taklif etilayotgan normalarning aniq va bir xil talqin qilinişi, vakolatlar hamda javobgarlikning töğri belgilanişiga e’tibor qaratiladi.
Şuningdek, loyihada amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga zid qoidalar mavjud emasligi, uni amalga oşiriş mexanizmlari aniq belgilangani va ijro etiş imkoniyati yetarliça asoslangani muhimdir. Yuridik xizmat amaldagi qonunçilikni muntazam örganib borişi, huquqni qöllaş amaliyotida uçrayotgan muammolarni umumlaştirişi hamda sohaviy qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqişda iştirok etişi lozim.
Bu vazirlikning huquq ijodkorligi faoliyati sifatini oşiriş, huquqiy böşliqlarni kamaytiriş va boşqaruv qarorlarining barqarorligini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Şartnomaviy munosabatlarda huquqiy himoya
Suv xöjaligi vazirligi tizimida şartnomaviy munosabatlar muhim örin tutadi. Quriliş va rekonstruksiya işlari, texnika hamda uskunalar xaridi, xizmatlar körsatiş, loyiha hujjatlarini işlab çiqiş va boşqa yönalişlarda turli şartnomalar tuziladi. Bunday munosabatlarda yuridik xizmatning asosiy vazifasi şartnomalarning qonunçilikka muvofiqligini ta’minlaş, taraflarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilaş hamda şartnoma şartlari bajarilmasligi bilan boğliq xatarlarni kamaytirişdan iborat.
Şartnomalarni huquqiy ekspertizadan ötkazişda ularning predmeti, narxi va ijro muddatlari aniq körsatilganiga, taraflar huquq va majburiyatlarining mutanosibligiga, majburiyatlar bajarilmagan taqdirda javobgarlik çoralari qonuniy belgilanganiga alohida e’tibor qaratilişi lozim. Şuningdek, mablağlardan maqsadli va samarali foydalaniş talablari, nizolarni hal etiş tartibi hamda yetkazilgan zararni qoplaş mexanizmlari puxta belgilanişi zarur.
Yuridik xizmat şartnoma imzolanişidan oldin uning huquqiy xatarlarini baholaş bilan birga, şartnomaviy majburiyatlar bajarilişini nazorat qiliş jarayonida ham tegişli tarkibiy bölinmalar bilan hamkorlik qilişi maqsadga muvofiq.
Şartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda esa talabnoma işlarini öz vaqtida taşkil etiş, qarzdorlikni undiriş çoralarini köriş va zarurat tuğilganda sudlarga murojaat qiliş davlat manfaatlarini himoya qilişning muhim vositalaridir.
Sudlarda manfaatlarni himoya qiliş va nizolarning oldini oliş
Yuridik xizmatning yana bir muhim yönalişi — vazirlikning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilişdir. Sud nizolari şartnomaviy majburiyatlarni bajarmaslik, yetkazilgan zararni qoplaş, mulkiy munosabatlar, mehnat nizolari yoki boşqa huquqiy masalalar bilan boğliq bölişi mumkin.
Bunday hollarda yuridik xizmat işning huquqiy asoslarini tahlil qilişi, zarur dalillarni töplaş va hujjatlarni tayyorlaşni muvofiqlaştirişi, protsessual muddatlarga rioya etilişini ta’minlaşi hamda sud jarayonida vazirlik manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilişi lozim.
Ayni paytda yuridik xizmatning samaradorligi faqat suddagi natijalar bilan ölçanmasligi kerak. Sudgaça bölgan bosqiçda nizolarni hal etiş, talabnomalarni öz vaqtida yuboriş, şartnomalarni sifatli tayyorlaş va huquqiy xatolarni barvaqt aniqlaş ham katta ahamiyatga ega. Şu nuqtayi nazardan, sud amaliyotini muntazam tahlil qiliş, takrorlanayotgan nizolar sabablarini aniqlaş va ularning oldini oliş çoralarini işlab çiqiş yuridik xizmat faoliyatining ajralmas qismi bölişi zarur.
Xulosa qilib aytganda, Suv xöjaligi vazirligi faoliyatida yuridik xizmat qonuniylikni ta’minlaş, boşqaruv qarorlarining huquqiy jihatdan asoslanganligini oşiriş, şartnomaviy munosabatlarda davlat manfaatlarini himoya qiliş, sud nizolarining oldini oliş va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirişga xizmat qiladi. Şu bois mazkur xizmatning hujjatlar tayyorlanişidan tortib, ularning ijrosi va huquqiy natijalarini baholaşgaça bölgan jarayonlarda faol iştirok etişi vazirlik faoliyati samaradorligini yanada oşirişda muhim ahamiyatga ega.
Begzod Rajabov
Suv xöjaligi vazirligi Yuridik xizmat va murojaatlar bilan işlaş boşqarmasi boşliği
