Rasmiy munosabat
2026-10-14 14:25:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimi yer maydonini rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlanayotgani haqida tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Holatning barcha tafsilotlariga vakolatli organlar tomonidan qonuniy baho beriladi.
Suv xo‘jaligi vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini qat’iy qoralaydi va bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda ekanini ta’kidlaydi.
Vazirlik va tizim tashkilotlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash va ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha choralar davom ettiriladi.
Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati
