Rasmiy munosabat
2026-10-14 12:50:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari pora olishda gumonlanib ushlangani haqida tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur holat yuzasidan vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Holatga qonuniy baho tergov natijalari asosida beriladi.
Suv xo‘jaligi vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lib, bunday xatti-harakatlarni qat’iy qoralaydi.
Vazirlik tomonidan tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, ichki nazoratni kuchaytirish hamda rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.
Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati
