OLTIARIQ TUMANI SUV ISTE’MOLCHILARI BILAN ONLAYN MULOQOT
2024-09-19 19:05:00 / Yangiliklar

Unda Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi, Melorativ ekspeditsiya, Oltiariq tumani “Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi mas’ullari hamda hududdagi suv iste’molchilari ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida Oltiariq tumani “Jo‘rak” MFYda yashovchi fuqaro I.Axunov murojaat qilib, Janubiy Farg‘ona magistral kanali, “Sshx-Shoximardon” kanalining loyqa bosgan qismlarini tozalashda amaliy yordam so‘radi. Mas’ullarga 1 dona yuqori unumli ekskavator jalb qilib, tozalash ishlarini qisqa muddatda yakunlash topshirig‘i berildi.
Shuningdek, “Povulg‘on” MFY Yangi chek ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Qosimov Janubiy Farg‘ona magistral kanali, “So‘x-Shohimardon” kanali bo‘ylarida aholiga ajratilgan yer maydonlariga ekilgan sabzavot va poliz ekinlarini sug‘orish uchun 2 kecha-kunduz davomida suv yetkazib berilsa, hududdagi 3,1 gektardan ortiq maydondagi ekinlardan ko‘zlangan hosilni olishga erishilishi natijasida xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini yanada qondirish imkoniyati yaratilishini ma’lum qildi. Bu bo‘yicha ham mas’ullarga belgilangan limit doirasida suv bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Bundan tashqari, murojaatchilar tomonidan tik sug‘orish quduqlarini ta’mirlash, xo‘jaliklararo X-1 lotok tarmog‘ini rekonstruksiya qilish, nasos stansiyasi agregatlarini mukammal ta’mirlash kabi masalalar ko‘tarildi. Mutasaddi rahbarlarga ushbu murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va qanoatlantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati


