“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” – maxsus infografikalar to‘plami chop etildi
2026-09-15 15:45:00 / Yangiliklar
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli maxsus infografikalar to‘plamini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etdi.

To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.
To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati
