Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati suv xo‘jaligi xodimlariga tushuntirildi
2026-09-11 12:55:00 / Yangiliklar

Seminarda ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berilgan.
Xususan, hujjatda Prezident Administratsiyasining davlat rahbari faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va boshqa yo‘nalishlarda ta’minlash borasidagi vazifalari mustahkamlangan. Shuningdek, Administratsiyaning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish hamda xodimlar bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan.
Seminar davomida Konstitutsiyaviy qonunning asosiy normalari atroflicha tushuntirilib, uning davlat boshqaruvi tizimidagi huquqiy va amaliy ahamiyati xususida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati







