Navbahorda intensiv baliqchilik rivojlantiriladi
2026-09-09 11:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning tumandagi ijrosi, suv resurslari cheklangan sharoitda baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, baliqchilik xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyojini aniq hisoblash, ular uchun suv olish limitlarini belgilash, suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni elektron platforma orqali rasmiylashtirish va suv sarfini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sun’iy suv havzalarida intensiv usulda baliq yetishtirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda tarmoqqa tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida har bir tomchi suvdan unumli foydalanish, baliq yetishtirish hajmini oshirish va mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati







