Siyosiy ma’rifat soatida “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
2026-08-28 14:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda ta’kidlandiki, mazkur asar Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar va milliy yuksalish jarayonlarini tahliliy-publitsistik nuqtai nazardan yoritilishi bilan ahamiyatlidir.
Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar va mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni anglashdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Asarning mazmunli va tahliliy xususiyatlari, unda islohotlarning ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatlari aks ettirilgani haqida ma’lumotlar berildi.
Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga nisbatan mustaqil fikr va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois davlat tashkilotlarida siyosiy ma’rifat soatlarini mazmunli tashkil etish, xodimlarni muntazam ravishda badiiy, ilmiy va siyosiy adabiyotlarni o‘qishga keng jalb qilish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Tadbirda ishtirokchilar “Millat Shavkati” kitobi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, asarni mutolaa qilish va unda ilgari surilgan g‘oyalardan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda foydalanish yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, tadbirda vazirlikning Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan sohada strategik rejalashtirish, maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi va samaradorlik indikatorlari bo‘yicha ma’lumot berildi. 2026-yil III chorak uchun belgilangan 41 ta maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash vazifalari tushuntirildi.
N.Karimova,
Vazirning ma’naviyat va davlat tili
masalalari bo‘yicha maslahatchis






