KUZATUV QUDUQLARI DOIMIY NAZORATDA
2024-09-10 17:20:00 / Yangiliklar

2021–2024-yillar davomida 749 ta kuzatuv qudug‘iga onlayn ma’lumot uzatuvchi “Dayver” qurilmalari o‘rnatildi. Buning natijasida quduqlardan olinayotgan ma’lumotlarni MWR va MIS dasturlari orqali kunlik tahlil qilib borish uchun imkoniyat yuzaga keldi.
Meliorativ ekspeditsiya tomonidan tashkil etilgan va 10 nafar mutaxassislardan iborat bo‘lgan servis guruhi ushbu zamonaviy qurilmalarning talab darajasida ishlashini ta’minlab boradi.
Shu kunlarda mazkur guruh tomonidan kuzatuv quduqlari va ularning himoya vositalarini ta’mirlash-tiklash, buyoqlash, atrofini obodonlashtirish, begona o‘tlardan tozalash ishlari bajarilmoqda.
Shuningdek, “Dayver” qurilmalarning holati ham ko‘zdan kechirib chiqilayapti.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati


