Sirdaryo viloyatida suv xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
2026-08-25 14:35:00 / Yangiliklar

Shuningdek, suv hisobini yuritish maqsadida suv xo‘jaligi tashkilotlari va mas’ul xodimlarga tarqatilgan planshet qurilmalaridan foydalanish holati ham ko‘rib chiqildi. Mazkur planshetlar orqali suv olish va yetkazib berish jarayonlari, suv sarfi, suv taqsimoti hamda tegishli ma’lumotlarni joyning o‘zida elektron shaklda qayd etish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan planshet qurilmalaridan foydalanish samaradorligi, ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi, ularni yagona raqamli platformaga uzatish hamda suv hisobini yuritishda inson omilini kamaytirish, suv xo‘jaligi obektlarida o‘rnatilgan zamonaviy suv o‘lchash va monitoring qurilmalarining texnik holati, ishlash samaradorligi hamda suv sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn rejimda kuzatish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida mavjud muammolar tahlil qilinib, suv hisobini yuritishda planshet qurilmalaridan samarali foydalanish, ularni tegishli dasturiy ta’minot bilan to‘liq ta’minlash, ma’lumotlarning ishonchliligi va tezkorligini oshirish, shuningdek, suv o‘lchash qurilmalaridan olinayotgan ma’lumotlarni yagona raqamli monitoring tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, suv hisobini yuritish jarayonlarini raqamlashtirish orqali suv resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, suv taqsimotida shaffoflikni ta’minlash, ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish hamda suv yo‘qotishlarining oldini olish imkoniyatlari kengayadi.
Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar suv xo‘jaligini raqamlashtirish, zamonaviy monitoring vositalarini keng joriy etish va suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amaliy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi.
Axborot xizmati


