Ulug‘norda aholi tomorqalariga suv yetkazib berish imkoniyati kengaymoqda
2026-08-25 11:05:00 / Yangiliklar

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Ulug‘nor tumanida aholi tomorqalari va ekin maydonlarini suv bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumandagi “Obod”, “Oqtom”, “Ulug‘bek”, “Mingbuloq”, “Yoshlik” va “Fayziobod” mahallalari aholisi tomorqa va ekin maydonlariga xizmat ko‘rsatuvchi kanalning 3 kilometr qismi betonlashtirildi.
Mazkur kanal orqali jami 160 gektar tomorqa va ekin maydonini suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 820 million so‘mni tashkil etadi. Kanalning betonlashtirilishi natijasida suvning yerga singib ketishi va isrof bo‘lishi kamayib, uni iste’molchilarga tez va barqaror yetkazib berish yaxshilanadi.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududda irrigatsiya tarmoqlarining texnik holati yaxshilanib, aholi tomorqalari va ekin maydonlarining suv ta’minoti barqarorligi oshmoqda.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati


