Surxondaryoda suvchi faxriylar holidan xabar olindi
2026-08-25 10:50:00 / Yangiliklar
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Surxondaryo viloyatida suv xo‘jaligi sohasida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar holidan xabar olindi.

Jumladan, “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari soha faxriylaridan Y.Irgashev, N.Jumayev va U.Pardayevlarga bayram munosabati bilan ehtirom ko‘rsatildi.
Uchrashuvlarda faxriylarning ko‘p yillik mehnat faoliyati, suv xo‘jaligi sohasida orttirgan tajribasi va xotiralari haqida suhbatlashildi. Ularning sohani rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yosh mutaxassislarga tajriba ulashish borasidagi hissasi e’tirof etildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati

