Navoiy viloyatida “Eng yaxshi suvchi kitobxon” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-08-18 10:50:00 / Yangiliklar
Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida suv xo‘jaligi tizimi xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi suvchi kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Bellashuvda ishtirokchilar badiiy adabiyot hamda suv xo‘jaligi sohasiga oid bilimlarini namoyon etdilar.
Qizg‘in o‘tgan tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Quyi Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mutaxassisi Sevinch Muftulloyeva, 2-o‘rinni Karmana tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi mutaxassisi Kamola Orziyeva, 3-o‘rinni Quyi Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mutaxassisi Dildora Bobojonova egalladi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Sevinch Muftulloyeva endi tanlovning respublika bosqichida Navoiy viloyati sharafini himoya qiladi.
Quyi Zarafshon ITHB Matbuot xizmat


