Navoiyda “Mustaqillik kubogi” musobaqalari qizg‘in o‘tdi
2026-08-18 10:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi jamoasi birinchi o‘rinni egallab, bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Quyi Zarafshon ITHB huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi jamoasi ikkinchi, Konimex tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar diplom esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati


