Shinjon tajribasi – Sho‘rchi dalalarida yangi imkoniyatlar sari qadam
2026-08-17 14:35:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida mehmonlar g‘o‘zaning o‘sib-rivojlanishi, qo‘llanilayotgan agrotexnika tadbirlari, jumladan, suv va resurslardan samarali foydalanish jarayonlarini o‘rganib, fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan Shinjon tajribasi asosida paxta yetishtirish usullari haqida fikr almashishdi.
Ayniqsa, ilg‘or texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish, hosildorlikni oshirish, suv tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida o‘zaro tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi uchrashuvlar – tajriba, texnologiya va investitsiyalarni bir nuqtada uyg‘unlashtirib, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Sho‘rchi dalalarida esa zamonaviy yondashuv va ilg‘or tajribalar uyg‘unlashib, serhosil va farovon kelajak sari ishonchli qadamlar tashlanmoqda.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmat


