Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa
2026-08-15 14:25:00 / Yangiliklar
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Zarafshon ITHB Matbuot xizmat





