Ohangaronda ichki ariqlar betonlanib, suv yetkazib berish samaradorligi oshirildi
2026-08-05 16:35:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida aholi tomorqalari hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Xususan, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan “Tut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Natijada suvning tuproqqa singib ketishi va ortiqcha yo‘qotilishi kamayib, uni xonadonlar tomorqalari hamda ekin maydonlariga tez va samarali yetkazib berish imkoniyati yaxshilandi.
Mazkur ishlar aholining tomorqa ekinlarini o‘z vaqtida sug‘orishi, suvdan tejamkor foydalanishi va hosildorlikni oshirishiga xizmat qiladi. Shuningdek, ichki ariqlarni betonlashtirish mahalla hududini obodonlashtirish va qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chirchiq-Ohangaron ITHB matbuot xizmat





