Mustaqillik – milliy g‘urur, suv – hayot va taraqqiyot manbai
2026-08-04 16:00:00 / Yangiliklar

Tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ulug‘vor shior ostida tashkil etildi.
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’rifat kengashi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova “Mustaqillik – milliy tafakkur va ma’naviy yuksalish poydevori” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada istiqlol xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqargani, milliy g‘urur va qadr-qimmatimizni tiklagani ta’kidlandi.
Suvning har bir dala va xonadonga barqaror yetib borishi ortida minglab fidoyi suvchilarning mashaqqatli mehnati, yuksak mas’uliyati va kasbiga sadoqati mujassam.
Tadbirda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari O‘tkir Sheraliyev ishtirok etib, suv – hayot, farovonlik va taraqqiyot manbai ekanini qayd etdi. Shuningdek, suv resurslarini asrash, har bir tomchidan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, kanallarni betonlashtirish, suv hisobini raqamlashtirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish sohaning ustuvor vazifalari ekanini ta’kidladi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va haqiqiy bayramona ruhda o‘tdi.
Axborot xizmati




