EKOLOGIYA YO‘LIDAGI FIDOYILIK – FAXRLI 1-O‘RIN BILAN E’TIROF ETILDI!
2026-07-31 10:50:00 / Yangiliklar

Tanlovda boshqarmada atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, mavjud yashil hududlarni parvarishlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda xodimlar ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuqori baholandi.
Bu yutuq jamoaning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati, ahilligi, tashabbuskorligi va fidokorona mehnatining munosib e’tirofidir.
Endi “Karmana-Konimex” irrigatsiya tizimi boshqarmasi jamoasi Respublika bosqichida Navoiy viloyati sharafini himoya qiladi.
Jamoaga Respublika bosqichida ham ulkan zafarlar, omad va yanada yuksak natijalar tilaymiz!
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmat

