FERMERLAR MUROJAATLARI – E’TIBOR MARKAZIDA: JARQO‘RG‘ONDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-07-16 14:05:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda Angor, Bandixon, Denov, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq, Oltinsoy, Sho‘rchi va Sherobod tumanlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi barcha tizim tashkilot hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Uchrashuv jarayonida fermerlar tomonidan jami 60 ta murojaat bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarning axborotlari eshitildi. Mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi hamda murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Tadbirda qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligini izchil rivojlantirish, fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda suv xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda bunday ochiq muloqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, fermerlarning taklif va murojaatlarini bevosita joylarda tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda davlat idoralari bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini yanada oshirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va suvdan foydalanish samaradorligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ochiq muloqot yakunida bildirilgan barcha taklif va murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi doimiy monitoring ostida olib borilishi belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar davlat idoralari va fermerlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda irrigatsiya sohada barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati




