O‘ZBEKISTON TUMANIDA 150 GEKTAR MAYDONNING SUV TA’MINOTI YAXSHILANADI
2026-07-15 09:30:00 / Yangiliklar

Ayni paytda tumanning “Muqimiy” MFY hududidan o‘tuvchi xo‘jaliklararo ariqning 400 metr qismiga temir-beton lotoklar o‘rnatilmoqda. Mazkur ishlar natijasida suvning tuproqqa sizib yo‘qolishi kamayib, uni belgilangan manzilga tez va barqaror yetkazib berish imkoniyati oshadi.
Loyiha yakunlangach, hududdagi fermer xo‘jaliklarining 150 gektar ekin maydoni, shuningdek, aholi tomorqalariga sug‘orish suvini yetkazib berish yaxshilanadi. Bu esa ekinlarni o‘z vaqtida va zarur meyorda sug‘orish, suv resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.
Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining mutaxassis va ishchi-xodimlari tomonidan belgilangan texnik talablar asosida olib borilmoqda.
Lotoklarning o‘rnatilishi nafaqat suv yo‘qotilishini kamaytirish, balki sug‘orish tarmog‘ining suv o‘tkazish samaradorligini oshirish va hududdagi suv iste’molchilarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo-So‘x ITHB matbuot xizmati


