MUTAXASSISLAR “SUVCHILAR MAKTABI”DA MALAKA OSHIRMOQDA
2026-06-26 14:30:00 / Yangiliklar
“Suvchilar maktabi”da vazirlik tizimidagi tashkilotlarning gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish bo‘yicha mutaxassis-xodimlari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Onlayn tarzda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda soha mutaxassislari Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi “Suvchilar maktabi”da ishtirok etdi.

Dasturga asosan malakali mutaxassislar, soha olimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyati, tizimda raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, nasos stansiyalarida energiya samaradorligini oshirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini ilmiy yondoshuvlar asosida tashkil etish kabi dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruzalar o‘tkazildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Axborot xizmati


