“TAShABBUSLI BYuDJET” LOYIHASIDA KOLLEJIMIZNI QO‘LLAB-QUVVATLANG!
2024-08-09 12:35:00 / Yangiliklar

Bu safar borishimizda yangiliklar ustidan chiqdik. Kollej jamoasi bino ichini, xonalarni oqlab-ko‘klab, ta’mirlayotgan ekan.
Direktor Asilbek Axmatov, o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Muxlisa To‘raуeva bilan suhbatlashdik.
Hujjat topshirganlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘paygan. Targ‘ibot ishlari natija bergan.
2024-yil 12-iyulda vazirlikning “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli buyrug‘i qabul qilingan.
Unda texnik gidrometr lavozimidagilar oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi belgilangan. Tumanlarda bo‘lib, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini o‘rganganimizda texnik gidrometr lavozimida ishlab turgan, besh yildan ortiq ish tajribasiga ega, lekin malaka talabi to‘g‘ri kelmayotgan xodimlar borligiga guvoh bo‘ldik. Ularni sirtdan yoki dual ta’lim orqali o‘qitishni tashkil etish mumkin.
Navbahor suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji rahbariyatining aytishicha, texnik gidrometr yo‘nalishida o‘qitish bo‘yicha hozircha talab tushmagan ekan.
Yana bir masala – kollejda 2 ta eski vertushka bor. Ikkalasi ham ishlamaydi.
Prezidentimizning joriy yil 5-yanvardagi tegishli qarorida o‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish Suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy vazifalari sifatida belgilangan.
Ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash uchun esa kollejga nafaqat vertushka, zamonaviy, elektron suv o‘lchash vositalari zarur bo‘ladi.
Kollej jamoasi yangi o‘quv yili uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Yana bir yangilik. Kollej tomini 1,2 mlrd. so‘mlik kapital ta’mirlash “Tashabbusli byudjet” loyihasiga kiritilgan. Ovoz yig‘ish 21–31 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘pchilik bo‘lib qo‘llab-quvvatlasak, ushbu loyiha g‘olib bo‘lib, kollejning bir masalasi yechilgan bo‘lar edi.
Axborot xizmati


