QAMASHIDA EGILUVCHAN QUVURLAR ORQALI SUG‘ORISH SAMARADORLIGI OSHIB, SUVNI TEJASHGA ERISHILMOQDA
2026-06-24 17:45:00 / Yangiliklar

Xususan, Qamashi tumanida ham ushbu suv tejovchi texnologiyani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Joriy yilda tumanda 46 ta komplekt egiluvchan quvurni 710 gektar maydonda joriy etish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda esa umumiy qiymati 108 million so‘m bo‘lgan 15 ta komplekt egiluvchan quvur yordamida 300 gektar paxta maydonida sug‘orish ishlari samarali tashkil etilgan. Jumladan, “Sodiqov Bayram Ali” fermer xo‘jaligida 23 gektar paxta maydoni egiluvchan quvurlar orqali sug‘orilmoqda.
Mazkur texnologiya suv sarfini kamaytirish, ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli sug‘orish, hosildorlikni oshirish hamda fermerlar mehnatini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amu-Qashqadaryo ITHB Matbuot xizmat
