GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH BARCHANING ISHI
2026-06-19 17:45:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanganidek, giyohvandlik vositalari inson hayotiga, oilalar farovonligiga, bolalar salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi hamda mamlakat genofondi va kelajagiga bevosita tahdid soladi. Yangi qonun narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullariga, ayniqsa internet va raqamli platformalar orqali tarqatilishining oldini olishga, mazkur jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga hamda voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan muhim normalarni o‘z ichiga oladi.
Bugun giyohvandlikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bu umummilliy vazifa hisoblanadi. Ota-onalar, ta’lim muassasalari, mahallalar, davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari birgalikda harakat qilgandagina ushbu xavfning oldini olish mumkin.
Suv xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan har bir davlat xizmatchisi ham mazkur vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishi lozim. Biz o‘z mehnat jamoalarimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish orqali ushbu illatga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shishimiz mumkin.
Tadbirda giyohvandlik illati haqidagi videorolik namoyish etildi.
Axborot xizmati




