TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTINING VENGRIYADAGI VAKOLATXONASI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-06-18 14:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 18-iyun kuni Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev Turkiy davlatlar tashkilotining Vengriyadagi vakolatxonasi Ijrochi direktori, TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti Kengashi raisi Balaj Xendrik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokara chog‘ida qurg‘oqchilik xavfini baholash usullari, erta ogohlantirish tizimlarini joriy etish, iqlim xavflarini baholash va boshqarish, suv tejovchi texnologiyalar hamda suv resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni keng tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja ishrirok etdi.
Axborot xizmati

