VAZIR O‘RINBOSARI SUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
2026-06-18 17:50:00 / Yangiliklar

Muloqotda yoshlar uchun yaratilgan bugungi imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Yoshlarga ularning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi. Ko‘zlangan natijani qo‘lga kiritishda ishonch bilan harakat qilish va bilim olish muhimligi qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib, shu asosda ularning o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishi, chuqur bilim olishi, ilg‘or fikrli va vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan qator yangi g‘oya va tashabbuslarini bildirdi.
Axborot xizmati





