“AYOLLAR SPORT OLIMPIADASI”DA VAZIRLIK AYOLLARI FAOL ISHTIROK ETDI
2026-06-15 11:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 14–15-iyun kunlari poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida xotin-qizlar o‘rtasida “Ayollar sport olimpiadasi” o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va birdamlikni targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu sport musobaqasining ommaviy ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafonida Suv xo‘jaligi vazirligining ayollari ham faol ishtirok etdi.
Mazkur tadbir mamlakatimiz xotin-qizlarini sog‘lom turmush tarzi, sport va jismoniy faollik atrofida birlashtirish, salomatlikni mustahkamlash, giyohvandlikka murosasiz muhitni yaratish hamda faol hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
Axborot xizmati


