SIRDARYOLIK FAXRIY SUVCHILAR SAMARQANDNING TARIXIY QADAMJOLARINI ZIYORAT QILDI
2026-06-08 11:20:00 / Yangiliklar

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylarning mehnatini e’tirof etish, ularga ehtirom ko‘rsatish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va boy tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohatchilar Imom Buxoriy majmuasi, Hazrati Xizr masjidi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi hamda Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi. Shuningdek, shaharda amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, mamlakatimiz taraqqiyotining amaliy natijalarini ko‘zdan kechirdilar.
Tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va zamonaviy infratuzilma obyektlari faxriylarda katta taassurot qoldirdi. Ular o‘z navbatida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, keksa avlod va mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni yuksak baholadilar.
Tadbir ishtirokchilari bunday safarlar faxriylarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda turli avlod vakillari o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmat


