SUV XO‘JALIGI XODIMLARI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIGA EKSKURSIYA UYUSHTIRDI
2026-05-25 10:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 100 nafardan ko‘proq xodimlar va ularning oila a’zolari, faxriylar poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya uyushtirdi.

Ekskursiya vazirlik Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilar uchun nafaqat qiziqarli ekskursiya, balki tarix, ilm-fan va madaniyat olamiga qilingan o‘ziga xos ma’rifiy sayohatga aylandi.
– Ushbu maskan nafaqat tarixiy yodgorliklar jamlangan joy, balki zamonaviy ma’rifiy markaz sifatida ham katta ahamiyatga ega ekan, – dedi vazirlik markaziy apparati Tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limi boshlig‘i Muhammad Ibragimov. – Bu yerdagi har bir ekspozitsiyadan xalqimizning boy tarixi, sivilizatsiyasi va taraqqiyot bosqichlari haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ldik.
Axborot xizmati








