BURCH, JASORAT, MATONAT!
2026-05-13 11:20:00 / Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 81 yillik bayramiga bag‘ishlangan ushbu tadbir Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari, harbiylar, faxriylar, Jamoatchilik kengashi a’zolari va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev Ikkinchi jahon urushi yillarida suv xo‘jaligi sohasi iqtisodiyot va front orti barqarorligini ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etganini oltita asosiy yo‘nalish misolida tahlil qildi. Xususan, suv xo‘jaligi sohasi oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat ishlab chiqarishi, energetika va aholi farovonligini ta’minlash orqali strategik tarmoq sifatida namoyon bo‘lganligini, frontdagi g‘alabani ta’minlashda bilvosita, ammo hal qiluvchi o‘rin tutganligini ta’kidladi.
Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyati va faollariga Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni topshirildi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi rahbariyati va faol harbiy xizmatchilar “Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy orkestri chiqishlari, Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansamblining maxsus bayram dasturi tadbirga fayz bag‘ishladi.
Axborot xizmati






