“KIBER MADANIYATNI YUKSALTIRISH” OYLIGI DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
2024-07-09 12:00:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Samarqand viloyatida “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi – Cyber month Samarkand” doirasida ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davlat tashkilotlari va idoralaridan tashqari aholi gavjum joylarida ham tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, ishtirokchilarga videoroliklar qo‘yib berildi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati


