SUV XO‘JALIGI SOHASIDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q!
2026-04-22 12:30:00 / Yangiliklar
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati prokuraturasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hamda ularning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, tizimda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amaliy tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Tadbir so‘nggida “Zalolatga eltuvchi yo‘l” filmi namoyish etildi.
Zarafshon ITHB matubot xizmati





