SUV XO‘JALIGI MASALALARI BO‘YICHA RESPUBLIKA KO‘RGAZMALI SEMINARI BO‘LIB O‘TMOQDA
2026-04-17 17:40:00 / Yangiliklar

Chortoq tumanidagi “Ayqiron” nasos stansiyasida respublika ko‘rgazmali seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, vazir o‘rinbosari R.Qarshiyev, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Hakimov va boshqalar so‘zga chiqdi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, ularning natijasi, suvni asrash, tejamkor texnologiyalar qamrovini kengaytirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Namangan viloyati suv xo‘jaligi sohasidagi yangilik va o‘zgarishlar, “Ayqiron” nasos stansiyasi faoliyati hamda “Chortoq tajribasi” asosida nasos stansiyalari va sug‘orish tarmoqlarini davlat xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berishning ahamiyati haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Ko‘rgazmali seminar davom etmoqda.
Norin-Sirdaryo ITHB matbuot xizmati






