MINTAQAVIY EKOLOGIK SAMMITDA SUV RESURSLARINI BOSHQARISH MASALALARI HAM E’TIBOR MARKAZIDA BO‘LADI
2026-04-16 / Voqealar taqvimi

Ayniqsa, sammit kun tartibida suv resurslarini boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, transchegaraviy suv hamkorligini rivojlantirish, suv taqchilligi sharoitida resurslardan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, raqamli monitoring va hisobga olish tizimlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Orol dengizi havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, suv-energetika muvozanatini ta’minlash hamda iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Sammit doirasida davlatlar rahbarlari ishtirokidagi plenar majlis, vazirlar darajasidagi sessiyalar, shu jumladan suv xo‘jaligi va ekologiya sohasi rahbarlari ishtirokida alohida muhokamalar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “RES-2026 EXPO” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda suv resurslarini boshqarish, suv tejash, qayta foydalanish va innovatsion gidrotexnologiyalarga oid ilg‘or yechimlar namoyish etiladi.
Mazkur sammit Markaziy Osiyoda suv resurslaridan barqaror va adolatli foydalanish, mintaqaviy kelishuvlarni mustahkamlash hamda suv diplomatiyasini rivojlantirishda muhim siyosiy va amaliy ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Axborot xizmati
