Suv tejovchi texnologiyalar: OLTI OYLIK KO‘RSATKIChLAR TAHLILI
2024-07-03 10:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 6 oyi davomida “suvkredit.uz” elektron tizimi orqali respublika bo‘yicha jami 120,4 ming gektar maydon uchun arizalar topshirilib, shundan 113,6 ming gektarga ijobiy xulosalar olindi.
Shuningdek, “Agrobank” ATB tomonidan bugungi kunga qadar 101,7 ming gektar maydon (53,9 ming gektarda tomchilatib sug‘orish, 28,6 ming gektarda yomg‘irlatib sug‘orish va 19,2 ming gektarda diskret sug‘orish) uchun 1 423 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Natijada joriy yilning 6 oyi davomida jami 296 ming gektar (99 foiz) maydonda, shundan 77,4 ming gektar (94 foiz) maydonda tomchilatib, 34,0 ming gektar (90 foiz) maydonda yomg‘irlatib, 19,4 ming gektar (65 foiz) maydonda diskret sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi.
“Agrobank” ATB bilan kelishilgan holda egiluvchan quvurlarni xarid qilish bo‘yicha fermerlarga kredit ajratish masalasi hal etilib, vazirlik ishchi guruhi tomonidan jami 1 500 komplekt egiluvchan quvurlarni moliyalashtirish hamda yetkazib berish choralari ko‘rildi. Buning natijasida 165,1 ming gektar maydonlar egiluvchan quvurlar va egatga plyonka to‘shab sug‘orish tizimlari orqali sug‘orilmoqda.
232,7 ming gektar (100 foiz) yerlar lazer yordamida tekislandi.
Kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani raqamlashtirish, suvni samarali boshqarish hisobiga 2024-yilda 8 mlrd m3 suvni iqtisod qilish ko‘zda tutilgan. Shundan tejamkor texnologiyalardan foydalanish hisobiga 2,5 mlrd m3 suv iqtisod qilinadi.
Axborot xizmati