JIZZAXLIK SUVCHILAR SPORTDA HAM PESHQADAM
2026-04-10 18:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi tomonidan “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan sportning stol-tennis turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada jizzaxlik suvchilar ham munosib ishtorok etdi.

Mazkur musobaqada turli tashkilot va muassasalardan kelgan ishtirokchilar o‘zaro bellashib, sportga bo‘lgan qiziqish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ul xodimi Zahriddin Rahimov 35 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egallab, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati

